Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nigeriyadan Nigerga 20 ming kishi qochib o‘tdi

Nigeriyadan Nigerga 20 ming kishi qochib o‘tdi

Foto: «Euronews»

Nigeriya shimoli-g‘arbidagi to‘qnashuvlardan bezgan 20 ming nafar yerli aholi najot istab qo‘shni Niger mamlakatiga qochib o‘tdi. BMTning Qochoqlar masalalari boshqarmasi xabariga ko‘ra, qochoqlar Nigeriyani 2019-yilning aprel oyida tark etishni boshlagan.

«Reuters» xabariga ko‘ra, Nigeriya shimoli-g‘arbida harbiylar va politsiyaning mahalliy jangarilar bilan to‘qnashuvlari oqibatida vaziyat izdan chiqib boryapti. Ayniqsa, Zamfara shtatida qotilliklar va odam o‘g‘irlab ketishlar avjiga chiqqan.

«Turli etnik guruhlarga mansub yer egalari va molboqarlar bilan to‘qnashuvlar, tovon puli undirish uchun odam o‘g‘irlash kabi vahshiyliklardan bezigan kishilar o‘z vatanini tark etmoqda», — deya vaziyatga izoh berdi BMTning Qochoqlar masalalari boshqarmasi matbuot kotibi Babar Baloch.

Eslatib o‘tamiz, Nigeriya shimoli-sharqida, o‘nlab yillardirki, mamlakat xavfsizlik xizmatlari «Boko Haram» terrorchilik guruhiga qarshi kurashib keladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring