Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nikolas Maduro Rim papasiga xat yozibdi. Papa esa amirliklarda...

Nikolas Maduro Rim papasiga xat yozibdi. Papa esa amirliklarda...

Foto: «Kremlin.ru»

«Qonundan tashqarida» qolgan Venesuela prezidenti Nikolas Maduro siyosiy inqiroz sabab Rim papasi Fransiskdan yordam so‘radi. Maduroning ishonch bildirishicha, katolik cherkovi rahnamosi hukumat, muxolifat va xalq o‘rtasida muloqotni boshlab bera oladi.

«Sky TG24» telekanali uchun intervyusida prezident pontifikka o‘zining «Xudoga yoqadigan»  ishlari bitilgan maktubni yo‘llaganini aytdi.

«Papa Fransiskka xat yo‘lladim. Ishonamanki, maktubim hozir yo‘lda yoki Rim, Vatikanga yetib borgan», — dedi jumladan Maduro.

Foto: «Euronews»

Maduroning xati Vatikanga balki yetib ham borgandir, biroq Rim papasining o‘zi ayni paytda tarixiy tashrif bilan Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib turibdi. Fransiskning tashrifi ertaga, 5 fevral kuni nihoyasiga yetadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring