Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nobel tinchlik mukofoti Efiopiya bosh vaziriga topshiriladi

Nobel tinchlik mukofoti Efiopiya bosh vaziriga topshiriladi

Foto: «Twitter»

2019-yilgi Nobel tinchlik mukofoti Efiopiya bosh vaziri Abiy Ahmad Aliga topshiriladi. Bu haqda bugun, 11-oktyabr kuni Nobel qo‘mitasi ma’lum qildi.

Norvegiya poytaxti Osloda bo‘lib o‘tgan marosimda qo‘mita vakili (eslatib o‘tamiz, Tinchlik mukofotlari odatda Osloda e’lon qilinadi) siyosatchi mintaqada tinchlikni saqlashga qo‘shgan beqiyos hissasi uchun ushbu mukofotga loyiq topilganini ma’lum qildi.

Abiy Ahmad Ali

Eritreya bilan tinchlik shartnomasini tuzishda Abiy Ahmad Ali katta rol o‘ynagan.


Ma’lumot uchun: Eritreya 1993-yili Efiopiyadan mustaqil bo‘lib chiqqan, ammo oradan besh yil o‘tib, bahsli chegara hududlarini deb ikki mamlakat o‘rtasida qurolli nizo boshlanib ketgan. Turli ma’luotlarga ko‘ra, ana shu to‘qnashuvlarda 70—100 ming inson halok bo‘lgan.

2018-yili Efiopiyaning yangi bosh vaziri Abiy Ahmad bahsli yerlarni Eritreyaga berishga ko‘nib, 20 yillik nizoga chek qo‘ygan.


Shu paytgacha tibbiyot va fiziologiya, fizika, kimyo, adabiyot yo‘nalishlarida yil g‘oliblari aniqlangandi. 14-oktyabr kuni iqtisodiyot yo‘nalishida laureat nomini bilib olamiz.

Har bir laureat uchun 2019-yili 9 mln. shved kronasi (900 ming dollardan ko‘proq) mukofot puli topshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring