Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oq uy Jo Baydenning ahvoli borasida bayonot berdi

Oq uy Jo Baydenning ahvoli borasida bayonot berdi

Koronavirus bilan kasallangan AQSh prezidenti Jo Baydenning sog‘lig‘i yaxshilanmoqda. Bu haqda Oq uy tomonidan AQSh yetakchisi shifokori Kevina O‘Konnorga asoslanib ma’lumot berilgan.

«Hozirgi vaqtda asosiy simptom - tomoq og‘rig‘i», degan doktor.

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, Baydenni qiynayotgan yo‘tal sezilarli miqdorda kamaygan, tanadagi og‘riqlar ham pasaygan. 

Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per AQSh prezidenti Jo Bayden bilan ko‘rishgan yuqori martabali amaldorlarda koronavirus yuqtirish holatlari kuzatilmaganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, uch kun avval Bayden koronavirus yuqtirgani ma’lum bo‘lgandi. Xabar qilinishicha, prezident Paxlovid preparatini qabul qilmoqda. Bu Pfizer tomonidan ishlab chiqarilgan antiviral tabletkadir. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring