Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘shanda bu mamlakatni birorta ham sayyoh «cho‘ntagi kesilmasdan» tark etmagan

O‘shanda bu mamlakatni birorta ham sayyoh «cho‘ntagi kesilmasdan» tark etmagan

Foto: «Omsktour.ru»

Meksika, Braziliya va Venesuela — sayyohlar uchun xavfsiz mamlakat hisoblanmaydi, deydi «Taassurotlar olami» portali bosh muharriri Yelena Shpiz. Bu haqda «Lenta» xabar bergan.

Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, go‘zal tabiat manzarasi va qimmatbaho mehmonxonalar qashshoq odamlar istiqomat qiladigan kapalarga yonma-yon joylashgan.

— Bunday aloqa huquqbuzarlik va provokatsion jinoyatga yetaklaydi. Shusiz ham qiyin hayot kechirayotgan mahalliy aholi suyaklarini qizdirish uchun ajoyib sohillarga kelgan boy odamlarni ko‘rib battar jig‘ibiyron bo‘ladi, — deb izohlaydi Shpiz.

Ekspert 2016-yili Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan Olimpiadani misol tariqasida keltirdi. Uning aytishicha, o‘shanda bu mamlakatni birorta ham sayyoh «cho‘ntagi kesilmasdan» tark etmagan.

Lotin Amerikasi mamlakatlariga borishni xohlovchilarga Shpiz mahalliy aholining jig‘iga tegib qo‘ymaslik uchun o‘zini siporoq tutishni maslahat beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring