Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Amazon asoschisi 127 metrli yaxtani 500 million dollarga sotib oladi

Amazon asoschisi 127 metrli yaxtani 500 million dollarga sotib oladi

Foto: «Global Look Press»

Dunyodagi eng boy biznesmen, Amazon onlayn savdo maydonchasi va Blue Origin aerokosmik kompaniyasi asoschisi sifatida tanilgan Jeff Bezos yangi yaxta uchun 500 million dollar sarflaydi. U dunyodagi eng yirik yaxtalardan biriga aylanadi, deb xabar bermoqda Bloomberg.

Niderlandiyada 127 metr uzunlikdagi uch machtali kema qurilmoqda. Ushbu orzu multimilliarderga 500 million dollarga tushadi. Bezosda o‘zining yelkanli yaxtasini qo‘lga kiritish fikri do‘sti, Fox televizion tarmog‘i asoschilaridan biri Barri Diller bilan shu kabi kemada dam olayotganda paydo bo‘lgan.

Agentlikning xabar berishicha, kema bilan birgalikda vertolyotlarni qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan yordamchi yaxta ham quriladi.

Shu bilan birga, Bezos qurilishga koronavirus pandemiyasidan taxminan ikki yil oldin buyurtma berganligi aniqlandi. Lokdaun paytida milliarderlarning qimmatbaho yaxtalarga bo‘lgan talabi oshdi. Natijada hozirgi kunda yelkanli kema qurish uchun buyurtma berish deyarli imkonsiz bo‘lib qoldi.

Bunday ajiotajga elita yaxtalari uzoq vaqt yonilg‘isiz suzib yurishlari mumkinligi va ularning egalari hech kim bilan aloqa qilmasdan kruizdan bahramand olish imkoniyatiga ega bo‘lishi sabab bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring