Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston Xitoyga qancha gaz eksport qildi?

O‘zbekiston Xitoyga qancha gaz eksport qildi?

2022-yilning yanvar–aprel oylarida Xitoyga siqilgan tabiiy gaz sotishdan eng ko‘p pul ishlagan mamlakat Avstraliya — 7,49 mln tonna, $5,38 mlrd.

Shu turdagi gazni sotishda ikkinchi o‘rinda — Qatar (5,48 mln tonna, $3,57 mlrd), uchinchi — Malayziya (3,02 mln tonna, $2,88 mlrd), to‘rtinchi — Rossiya (1,43 mln tonna, $1,32 mlrd), beshinchi — Indoneziya (1,24 mln tonna, $1,01 mlrd), oltinchi — AQSh (583 ming tonna, $763 mln).

Xitoyga tabiiy gazni quvurlar orqali yetkazuvchi mamlakatlar orasida eng ko‘p daromad qilgan — Turkmaniston (to‘rt oyda — $2,87 mlrd, 1,53 baravar o‘sish), ikkinchi — Rossiya ($1,51 mlrd, 2,67 baravar o‘sish), uchinchi — Myanma ($408,1 mln, 16,2 foiz qisqarish), to‘rtinchi — Qozog‘iston ($270,6 mln, 25,5 foiz o‘sish), beshinchi — O‘zbekiston ($132,8 mln, 2 baravar o‘sish).

O‘zbekiston statqo‘m ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yil 11 oyi davomida mamlakatimiz 684,8 mln dollar qiymatida tabiiy gaz eksport qilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring