Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pensioner ayol sumkasini olib qochgan o‘g‘rini yerga ag‘darib tashladi (video)

Pensioner ayol sumkasini olib qochgan o‘g‘rini yerga ag‘darib tashladi (video)

Foto: «99wfmk.com»

Avstraliyaning Kvinslend shtatida keksa fuqaro sumkasini olib qochgan o‘g‘rini yerga yiqitdi. Bu haqda ABC 7 telekanali xabar berdi.

Pensioner ayol kichik qovoqxonada tug‘ilgan kunini nishonlayotgandi. To‘satdan bir kimsa uning stoliga yugurib borib, sumkasini olib, yashirinishga urindi.

Kuzatuv kamerasida qayd etilgan videoda gumonlanuvchi sumka bilan yashirinishga urinayotgani aks etgan. Sumkaning egasi avtoturargohda uni quvib yetib, yelkasidan ushlab yerga ag‘darib tashladi. Kurash jarayonida ayol avval qaroqchining bo‘ynidan  bo‘g‘adi, so‘ngra sumkasini tortib oladi. Shu bilan birga u erkakning ko‘ylagi va oyoq kiyimini ham yechib tashlaydi.

So‘ngra talonchi keksa ayolning qo‘lidan arang qutulib, qochishga urinadi. Momo esa uning orqasidan sandalini uloqtiradi. Sumkasini esa o‘zi bilan olib qoladi.

O‘g‘ri o‘zining mashinasida qochib ketgan, ammo keyinchalik politsiya tomonidan o‘g‘irlikda gumon qilinib hibsga olingan. Uning hujumi natijasida ayolning qovurg‘alari jarohatlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring