Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pod’yezddagi dahanaki jang otishmaga aylandi

Pod’yezddagi dahanaki jang otishmaga aylandi

Rossiyaning Ryazan viloyatidagi Yelatma aholi yashash maskanidagi ko‘p qavatli uylardan birining pod’yezdida besh kishi otib tashlandi. Ulardan biri ayol kishi bo‘lgan.

Xabar qilinishicha, 4 aprel, tungi soat 22.00da ko‘p qavatli uyning oldida bir guruh yoshlar to‘planib, qattiq shovqin ko‘targan. Ularga shu uyda yashovchi 32 yoshli shaxs tanbeh berib, shovqin tufayli farzandi uxlay olmayotganini aytgan.



Ikki o‘rtada boshlangan dahanaki jang kuchaya boshlagach, tomonlardan biri pod’yezdda gaplashib olishni taklif qiladi. Ko‘p qavatli uyda yashovchi shaxs bunga rozi bo‘ladi va pod’yezdga o‘zi bilan birga ov miltig‘ini olib chiqib, to‘rt erkak hamda bir ayolni otib tashlaydi. Vafot etganlar 22 yoshdan 31 yoshgacha bo‘lgani aytilmoqda.

Xabar qilinishicha, qotillik sodir etgan shaxs ruhiy xastaliklar shifoxonasida ishlagan. U o‘q uzgan ov qurolining hujjatlari borligi ma’lum qilindi.



Jinoyat sodir etilgan vaqtda gumonlanuvchining rafiqasi yuvinish xonasida bo‘lgani va faqat «g‘alati paqillagan ovozlarni» eshitganini bildirib o‘tdi. Politsiyani esa voqea shohidi bo‘lgan qo‘shnilardan biri chaqirgan.

Ta’kidlash joiz, Ryazan viloyatida 30 martdan buyon «o‘zini yakkalash» rejimi mavjud bo‘lib, aholi sutka davomida o‘z yashash joyidan bemaqsad chiqmasligi lozim.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring