Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Elchining shubhali o‘limi

Elchining shubhali o‘limi

Foto: «Neputevie.ru»

Kiprning Ruminiyadagi elchisi Filippos Kritiotis Buxarestdagi o‘z qarorgohida o‘lik holida topildi, politsiya shubhali o‘lim yuzasidan ish ochdi.

«Kiprning Buxarestdagi elchisi shahar markazidagi qarorgohida o‘lik holida topildi. Politsiya «shubhali o‘lim» bo‘yicha ish qo‘zg‘atdi. Endi unga ko‘ra diplomatning o‘limi tekshiriladi», — deya xabar berdi «Mediafax» agentligi politsiya ma’lumotlariga tayanib.

Diplomat shanbadan yakshanbaga o‘tar kechasi vafot etgani aniqlangan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u yurak kasalligidan qiynalgan, biroq o‘limining aniq sababi murda yorib ko‘rilganidan keyingina ma’lum bo‘ladi.

«Buxarestda to‘satdan vafot etgan elchi Filippos Kritiotisning o‘rnini to‘ldirish mushkul. Uning oilasiga chuqur ta’ziyamizni izhor etamiz»,deyiladi Kipr TIVning «Facebook»dagi sahifasida chop etilgan xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring