Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Politsiya shefi o‘z o‘rnini afroamerikalikka bo‘shatib berdi

Politsiya shefi o‘z o‘rnini afroamerikalikka bo‘shatib berdi

Foto: «Ntv.ru»

Oregon shtati Portlend politsiya boshlig‘i shahardagi tartibsizliklar tufayli iste’foga chiqdi, u o‘z o‘rnini afroamerikalikka bo‘shatib berdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

«Portlend politsiyasi o‘zgarishlarda yetakchi bo‘lishi zarur. Ular ishonch bilan boshlanadi. Rahbariyatdagi bu o‘zgarish ko‘nglimdan o‘tgandi. Chak Lovell butun umrini o‘z xizmatiga bag‘ishladi. Men unga va rahbarligiga 100% ishonaman», — deb yozadi politsiya shefi Jami Resh «Twitter»da.

«Oregonian» mahalliy portalning yozishicha, politsiya rahbari Jorj Floyd o‘limidan so‘ng shahardagi tartibsizliklarga javoban sust harakat qilganligi uchun tanqid qilingandi. Ta’kidlanishicha, endi politsiya rahbarligi afroamerikalikka o‘tadi.

May oyining oxiridan boshlab AQShning o‘nlab shaharlarida Minneapolisda shafqatsizlarcha hibsga olingan qora tanli kishining o‘limi yuzasidan politsiyaning shafqatsizliklariga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda. Voqea videoga olingan. Ayrim vaziyatlarda noroziliklar tartibsizliklar, politsiya bilan to‘qnashuvlar, talonchilik va bosqinchiliklarga sabab bo‘lmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring