Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident Makronni o‘ldirib, to‘ntarish qilmoqchi bo‘lgan guruhga sud hukmi o‘qildi

Prezident Makronni o‘ldirib, to‘ntarish qilmoqchi bo‘lgan guruhga sud hukmi o‘qildi

Foto: Reuters

Fransiyada prezident Emmanuel Makronga qarshi suiqasd hozirlashda ayblangan Les Barjols guruhi ustidan sud jarayoni yakunlandi. Mahkama jinoiy to‘da a’zolariga 1 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinladi.

Guruhning 13 a’zosiga nisbatan sud joriy yil 17-yanvar kuni boshlangan edi. Prokuratura jinoiy to‘da jamiyat uchun real xavf tug‘diradi deb xulosa bergan.

Tergov idorasiga ko‘ra, «Barjolliklar» guruhi (Fransiyada Barjol nomli kommuna bor) 2018- yili Sulh kuni tantanalarida prezident E.Makronni pichoqlab o‘ldirish va davlat to‘ntarishi uyushtirishni rejalashtirgan.

Advokatlar sudlanuvchilarning aniq rejasini bo‘lmaganini aytgan. Shunga ko‘ra sud 10 yillik qamoq ko‘zda tutilgan modda bo‘yicha nisbatan yengilroq jazo tayinlagan.

66 yoshli Jan-Per Buye 4 yilga ozodlikdan mahrum qilingan (bir yili shartli jazo sanaladi). Guruhning qolgan a’zolariga 3 yil va 6 oydan qamoq hamda shartli jazo tayinlangan. 9 nafar ayblanuvchi oqlangan.

«Barjolliklar» guruhi bir necha yil avval mamlakat shimoli-sharqidagi Mozel departamentida qo‘lga olingan edi. Tintuv payti Jan-Per Buyening mashinasidan harbiy pichoq va zirhli nimcha, uyidan esa qurol topilgan. Sudlanuvchilar onlayn-chatdagi muloqotlar davomida Parijdagi Yelisey saroyini qamal qilish haqidagi suhbatlashgan. Shuningdek, o‘ta o‘ng yo‘nalishdagi to‘da a’zolari masjid va muhojirlarga hujumni ham muhokama qilgan.

Fransiyada ikki yil avval «Demokratik harakat» partiyasi vakili, parlament sobiq deputati Remi Dayening davlat to‘ntarishiga urinishda ayblanib qo‘lga olingani ham shov-shuv bo‘lgan edi. Razvedka idorasiga ko‘ra, R.Daye butun mamlakatga yoyilgan yashirin terror tashkilotiga rahbarlik qilgan. Ushbu tashkilotga iste’fodagi harbiylar, politsiya va jandarmeriya zobitlari a’zo bo‘lgani xabar qilingan. 

Prezident E.Makronga qarshi huquqbuzarliklar avval ham sodir etilgan. 2021-yil iyun oyida Makron Fransiya janubi-sharqidagi safari chog‘i fuqarodan tarsaki yegan edi.

O‘sha yilning sentyabr oyida esa lionlik erkak davlat rahbariga tuxum uloqtirgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring