Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Pushkin operatsiyasi» — Yevropada rus yozuvchilarining noyob kitoblari o‘g‘irlab ketilmoqda

«Pushkin operatsiyasi» — Yevropada rus yozuvchilarining noyob kitoblari o‘g‘irlab ketilmoqda

Foto: The Insider

Yevropa mamlakatlaridagi kutubxonalardan rus yozuvchilari qalamiga mansub asarlarning noyob nashrlari yo‘qolib qolmoqda. Bu shunchalik urf oldiki, o‘g‘rilarni topish amaliyoti «Pushkin operatsiyasi», deya nom oldi.

The New York Times yozishicha, 2022-yildan buyon Yevropa kutubxonalaridan umumiy qiymati 2,6 mln dollardan oshuvchi 170 dan ziyod durdona kitob o‘g‘irlab ketilgan, hammasi rus yozuvchilariniki, ayniqsa, Pushkin kitoblari ko‘p o‘g‘irlanmoqda.

Latviya, Finlyandiya, Fransiya, Germaniya, Chexiya va boshqa mamlakatlar milliy kutubxonalari o‘g‘rilardan jabr ko‘rgan. Ayniqsa, Varshava universiteti kutubxonasi eng ko‘p talandi, bu yerdan rus yozuvchilarining 78 ta kitobi o‘g‘irlab ketilgan.

Estoniyadagi Tartu universiteti kutubxonasida bo‘lgan hodisani NYT misol keltirdi. Bu yerga ikki erkak kelib, o‘zlarini jangovar harakatlardan qochib yurgan tog‘a-jiyan ukrainaliklar, deb tanishtirishgan. «Tog‘a» va «jiyan» Chor Rossiyasidagi senzurani o‘rganish maqsadida Aleksandr Pushkin va Nikolay Gogol asarlarining birinchi nashrlari bilan tanishish istagini bildirishgan. Oradan to‘rt oy o‘tib aniqlanishicha, «ukrainlar» olib foydalangan sakkizta kitob yuqori sifatli faksimil nusxalariga almashtirib ketilgan.

Avvalroq fransuz gazetasi Le Parisien Yevropa bo‘ylab kitob o‘g‘rilarini qidirish amaliyoti «Pushkin operatsiyasi» deya nom olganini yozgandi. Yevropol (Yevropa politsiyasi) ma’lumot berishicha, o‘g‘rilikda gumon qilinib, shu paytgacha 9 shaxs qo‘lga olindi, barchasi — Gruziya fuqarolari.

NYT aniqlik kiritishicha, noyob kitoblar o‘g‘rilari Yevropa bo‘ylab avtobuslarda sayohat qilib yurishibdi, kitoblarning nusxalarini o‘ta yuqori sifat va aniqlikda tayyorlab, asl nusxalari bilan almashtirib ketishmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring