Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Oq Uy: Putin-Bayden sammiti sanksiyalar siyosatiga ta’sir qilmaydi

Oq Uy: Putin-Bayden sammiti sanksiyalar siyosatiga ta’sir qilmaydi

Foto:«BBC»

AQSh prezidenti Jo Bayden va Rossiya rahbari Vladimir Putinning uchrashuvi Vashingtonning RFga qarshi sanksiyalar siyosatiga «hech qanday o‘zgartirish» kiritmaydi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki ma’lum qilgan.

Qonun Vashingtondan kimyoviy qurol sanksiyalarining maqsadlarini ko‘rib chiqishni davom ettirishni talab qiladi, — deya ta’kidlaydi u.

Psaki 16-iyun kuni Jenevada bo‘lib o‘tgan sammitdan so‘ng sanksiyalar bo‘yicha «hech narsa o‘zgarmaganligini» ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz sammit chog‘ida Putinning tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi Yuriy Ushakov ham «Men biron bir kelishuvga erishilishiga amin emasman»,— deya ta’kidlagan edi.

So‘nggi yillarda AQSh-Rossiya munosabatlari eng quyi pog‘onaga tushib ketgani aytiladi. 2014-yil Qrimning qo‘shib olinishidan boshlangan sovuq munosabatlar, Navalniyning zaharlanishi, kiberhujumlar fonida yanada yomonlashib bordi. Har ikki mamlakat o‘z elchilarini chaqirib oldi. Bundan tashqari, Ukraina, Suriya mojarolaridagi turli yondoshuv ham vaziyatni keskinlashtirmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring