Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Putin MDH mamlakatlari rahbarlarini Peterburgga taklif qildi

Putin MDH mamlakatlari rahbarlarini Peterburgga taklif qildi

Foto: «Vesti.ru»

Ashxoboddagi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashi majlisida nutq so‘zlagan Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin barcha hamkasblarini Sankt-Peterburgga taklif qildi. Bu haqda «EurAsia Daily» xabar berdi.

Putinning aytishicha, dekabr oyi oxirida «iqtisodiy uyushmaning norasmiy sammiti» bo‘lib o‘tadi.

«Biz Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo hamkasblarimiz bilan Sankt-Peterburgda 20-dekabr kuni an’anaviy norasmiy uchrashuvni o‘tkazishga kelishib oldik. MDH mamlakatlarining boshqa yetakchilarini ham davramizga taklif etaman: do‘stona, mutlaqo norasmiy sharoitda, Yangi yil arafasida joriy masalalar haqida gaplashib olamiz, kelayotgan yilda nimalar qilish haqida fikr almashib, dolzarb xalqaro masalalar yuzasidan «soatlarimizni to‘g‘rilab olamiz», — dedi Vladimir Putin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring