Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin Rossiya va Xitoyning Afg‘onistondagi rejalari haqida gapirdi

Putin Rossiya va Xitoyning Afg‘onistondagi rejalari haqida gapirdi

Foto: «Fontanka.ru»

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Rossiya, Xitoy va ShHT mamlakatlari fuqarolari Afg‘onistonda nima bo‘layotganidan qat’i nazar, o‘zlarini xavfsiz his qilishlari uchun sharoit yaratish rejalari haqida gapirdi.

«Xitoy bilan ikki tomonlama rejada bu ishni faol davom ettiramiz, tegishli tuzilmalar o‘rtasida muloqot o‘rnatildi», — dedi Putin Afg‘onistondagi vaziyat va uni normallashtirish bo‘yicha ishlar haqida Valday forumida so‘zlagan nutqida.

«Umuman olganda, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti doirasida biz buni kerakli resurslarni ajratish va Afg‘onistonda nima bo‘layotganidan qat’i nazar, o‘z fuqarolarimiz, mamlakatlarimiz fuqarolari o‘zlarini xavfsiz his qilishlari uchun barcha sharoitlarni yaratish orqali amalga oshiramiz», — dedi u.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring