Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin: «Ukrainada prezident almashishi hech narsani o‘zgartirmadi»

Putin: «Ukrainada prezident almashishi hech narsani o‘zgartirmadi»

Foto: «KP.ru»

Ukrainada prezident almashishi hech narsani o‘zgartirgan emas. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin amerikalik kinorejissyor Oliver Stounga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Rossiya rahbarining fikricha, odamlar Zelenskiyga Pyotr Poroshenko (Ukrainaning sobiq prezidenti)ga isyon tariqasida ham ovoz berishgan.

Vladimir Zelenskiy prezidentlikka nomzodini qo‘yganida Donbassdagi vaziyatni izga solishga ham va’da bergandi.

«Biroq u kuni kecha, menimcha, Parijda payti, kutilmaganda separatchilar bilan muzokara o‘tkazish mumkin emas deb hisoblashini bildirdi. Bu uning saylovoldi kampaniyasida aytgan gaplariga mutlaqo zid», — dedi Putin.

Stounning yangi prezident saylanganidan so‘ng Kiyev siyosatida biron-bir o‘zgarish bormi, degan savoliga javoban Putin shunday dedi:

«Bugungi kunda, afsuski, yo‘q».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring