Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qatar amiri falastinliklarga 480 million dollarlik yordam ajratdi

Qatar amiri falastinliklarga 480 million dollarlik yordam ajratdi

Foto: «Life»

Qatar amiri Tamim bin Hamad al-Tani G‘azo sektori hamda Iordan daryosi G‘arbiy qirg‘og‘ida yashovchi falastinliklarga 480 million dollarlik ko‘mak puli ajratdi.

— Falastin va Qatar xalqlarini bitta til, bitta din birlashtirib turadi. Isroil bosqinidan keyin xalqaro ko‘mak ancha uzilib qolgan Falastin hozir har qachongidan ham ko‘proq yordamga muhtoj, — deyiladi Qatar hukumati bayonotida.

Qatar falastinliklarga, ayniqsa, G‘azo sektoriga muntazam yordam berib keladi.

Eslatib o‘tamiz, yaqin ikki kunda o‘zaro otishmalar sababli to‘rt nafar isroillik, 25 nafar falastinlik halok bo‘lgan. Bu 2014-yil yozidan beri eng qonli to‘qnashuv bo‘ldi. O‘tgan tunda tomonlar zarba berishni to‘xtatgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring