Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qirg‘iz-tojik davlat chegarasining yana 1,11 kilometri kelishib olindi

Qirg‘iz-tojik davlat chegarasining yana 1,11 kilometri kelishib olindi

Joriy yilning 11-18 fevral kunlari Tojikistonning Bo‘ston shahrida Qirg‘iziston va Tojikiston hukumatlari delegatsiyalarining chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha tomonlar davlat chegarasi chizig‘ining yana 1,11 kilometri bo‘yicha kelishib oldi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tegishli bayonnoma imzolandi.

Keyingi uchrashuv Qirg‘iziston Respublikasi hududida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oktyabrida ham tomonlar chegaraning 43 kilometri bo‘yicha kelishuvga erishgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring