Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘iziston hukumati iste’foga chiqdi

Qirg‘iziston hukumati iste’foga chiqdi

Sadir Japarov boshchiligidagi Qirg‘iziston hukumati mamlakatdagi navbatdan tashqari prezidentlik saylovidan so‘ng iste’foga chiqdi. Bu haqda respublika prezidenti vazifasini bajaruvchi Talant Mamitovning rasmiy veb-saytida xabar berilgan.

Mamitov Japarovning iste’fo to‘g‘risidagi bayonotini qabul qildi va amaldagi hukumatni iste’foga chiqqan deb tan oldi.

Shu bilan birga, Qirg‘iziston qonunchiligiga binoan Vazirlar Mahkamasi a’zolari yangi hukumat tuzilgunga qadar o‘z vazifalarini bajaradilar.

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Artyom Novikov Bosh vazir vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, 10-yanvar kuni Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida Sadir Japarov qariyb 80 foiz ovoz to‘plab, g‘alaba qozondi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring