Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qirg‘izistonda deputatlar Konstitutsiyaning yangi loyihasidan norozi

Qirg‘izistonda deputatlar Konstitutsiyaning yangi loyihasidan norozi

Qirg‘iziston parlamentida asosiy qonunni muhokama qilish davom etmoqda. Kuni kecha ushbu loyiha Jo‘qorg‘i Kengesning tegishli qo‘mitasi tomonidan ma’qullangan.

Ko‘plab deputatlar loyiha mualliflarining ismlarini e’lon qilishni so‘rashmoqda.  Ularning so‘zlariga ko‘ra, ularning nomlari na elektron, na qog‘oz hujjatlarda ko‘rsatilmagan. Hozirgi vaqtda 10 nafar deputat yangi konstitutsiyadan norozi ekanligini bildirgan.

Deputatlar so‘zlariga ko‘ra, konstitutsiyaning yangi tahriri prezident vakolatlarini kuchaytiradi.  Bosh vazir vakolatlari prezidentga nisbatan ancha kam etib ko‘rsatilgan bo‘lib, hukumatni prezident ma’muriyati rahbari boshqarishi va prezident ijro etuvchi hokimiyat uchun javobgar ekanligi ta’kidlangan.

Parlament spikeri Talant Mamitov Konstitutsiya loyihasini muhokama qilmaslikka, balki referendum kunini belgilashga chaqirgan. Referendumni 11 aprelda o‘tkazish taklif qilinmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring