Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi (video)

Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi (video)

Foto: «reporter.kg»

Kecha, 20-sentyabr kuni O‘sh viloyatidagi Aravon qishlog‘ida «Mekenim Qirg‘iziston» partiyasining saylov oldi tashviqoti paytida mojaro yuzaga keldi. Mojaro ommaviy mushtlashuvga aylanib ketdi.

Qayd etilishicha, tomonlar toshlardan, tayoq va qo‘lbola buyumlardan ham foydalanishgan.

O‘sh viloyati ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berishicha, janjal oqibatida 12 kishi jarohat olgan va kasalxonaga yotqizilgan, ulardan biri og‘ir ahvolda.

Qishloq aholisining mol-mulkiga ham (to‘qnashuv hududida turgan beshta avtomashinaga) zarar yetgan.

Janjalda ishtirok etgan o‘n kishi hibsga olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring