Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qorodamni qo‘lga tushirganga beriladigan mukofot puli oshirildi

Qorodamni qo‘lga tushirganga beriladigan mukofot puli oshirildi

Foto: «Depositphotos»

Oklaxoma shtati ma’muriyati qorodamni qo‘lga tushirganlik uchun mukofot pulini oshirdi. Bu haqda 7-mart kuni «The Sun» xabar bermoqda.

Hozirga qadar qorodamni ovlaganlik uchun mukofot puli 25 ming dollarni tashkil etardi, endi odamsimon mavjudotni qo‘lga tushirgan kishi 2,1 million dollar oladi.

Qonunchilikdagi yangilik shtatga sayyohlar oqimini ko‘paytirishga qaratilgan, deya ta’kidlaydi gazeta.

«Bu odamlar uchun bizning o‘lkadan bahra olish va ko‘ngil ochishga ajoyib imkoniyat bo‘ladi», — deb hisoblaydi AQSh kongressi vakillik palatasi a’zosi va qonun chiqaruvchi tashabbus muallifi Jastin Xamfri.

Bundan tashqari, shtat rasmiylari qorodamni ovlash uchun litsenziya joriy etishni ko‘rib chiqishmoqda. Odamsimon mavjudot atrofida reklama kampaniyasi ish boshlaydi, jumladan, u davlat raqamlari, stikerlar va Bigfoot boshqaruv stansiyalarini o‘z ichiga oladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring