Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qotillikda ayblanayotgan politsiyachining xotini ajralishga ariza berdi

Qotillikda ayblanayotgan politsiyachining xotini ajralishga ariza berdi

Foto: «Cbsnews.com»

Qo‘lga olingan Jorj Floyd qotilligida ayblanayotgan amerikalik sobiq politsiyachi Derek Shovinning turmush o‘rtog‘i ajralish uchun ariza berdi. Bu haqda «Sekula Law Offices» advokatlik idorasi «Facebook»da xabar berdi.

«Kelli Shovin janob Floydning vafotidan qayg‘uda. Kelli uning oilasi va ushbu fojiadan aziyat chekkan barchaga ta’ziya izhor etadi. U allaqachon Derek Shovin bilan ajralish uchun ariza berdi. Missis Shovin ushbu murakkab vaziyatda farzandlari, keksa ota-onasi va boshqa qarindoshlarini bezovta qilmaslikni o‘tinib so‘raydi», — deyiladi huquqshunoslarning bayonotida.

Kelli va Derek Shovin turmush qurishganiga 10 yildan oshdi. O‘rtada farzandlari yo‘q. 2019-yilda u «Missis Minnesota» tanlovida birinchi o‘rinni egallagan.

Jorj Floydning o‘limi uning qo‘lga olinish videosi paydo bo‘lgandan so‘ng Minneapolis va boshqa shaharlarda ommaviy tartibsizliklarni keltirib chiqardi. Videoda politsiyachilar Floydni yerga yiqitgani va unga kishan solgani, ustiga-ustak, zobitlardan biri uning bo‘ynini tizzasi bilan bosib turganini ko‘rish mumkin.

Boshqa videoda hibsdagi shaxsga ikki nafar politsiyachi tashlanganini ko‘rish mumkin. Qo‘lga olingan shaxs dastlab nafas yetishmayotganidan shikoyat qilgan, shundan so‘ng hushidan ketgan. Shifoxonaga olib borilgan Floyd reanimatsiyada vafot etdi.

Bu xabar tarqalgach, shahar politsiya ma’muriyati qo‘lga olishda qatnashgan to‘rt nafar zobitni ishdan bo‘shatganini e’lon qildi. Ular orasida Derek Shovin ham bo‘lib, u ehtiyotsizlik va qasddan bo‘lmagan qotillikda ayblanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 46 yoshli qora tanli Jorj Floyd qorovul bo‘lib ishlagan va 25-may sanasida oziq-ovqat do‘konidan xaridni amalga oshirgan. Ammo u mahsulotlar uchun qalbaki chek bilan to‘lashda ayblanib, politsiyachilar tomonidan qo‘lga olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring