Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda eng korrupsiyalashgan sohalar ma’lum bo‘ldi

Qozog‘istonda eng korrupsiyalashgan sohalar ma’lum bo‘ldi

Foto: Zakon.kz

Qozog‘iston korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi raisining o‘rinbosari O‘lan Sarqulovning bayonotiga ko‘ra, mamlakatdagi har beshinchi jinoyat davlat xaridlari sohasida yuz beryapti.

Davlat xaridlarining budjet xarajatlaridagi ulushi 30 foizni, Qozog‘iston YaIMda esa taxminan 5 foizni tashkil etadi. Bu bozorga kuchli iqtisodiy ta’sir degani. Budjet xarajatlarining katta aylanmasi davlat xaridlarining korrupsion jozibadorligini oshirmoqda, dedi Sarqulov.

Ta’kidlanishicha, 2020-yildan 2022-yilning birinchi choragiga qadar 418 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, 162 nafar shaxsga hukm o‘qildi. Tahlillar bu jinoyatlarning qariyb 80 foizi budjet mablag‘larini talon-toroj qilish va bajarilgan ishlar uchun qalbaki hujjatlar tayyorlash va davlat xaridlari g‘olibligi uchun pora berish bilan bog‘liq ekanini ko‘rsatdi. Davlat mablag‘larini eng ko‘p o‘zlashtirish qurilish, sog‘liqni saqlash, ta’lim va madaniyat sohalarida kuzatilyapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring