Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozog‘istonda o‘qituvchi ochiq dars o‘tish o‘rniga bomba haqida yolg‘on xabar tarqatdi

Qozog‘istonda o‘qituvchi ochiq dars o‘tish o‘rniga bomba haqida yolg‘on xabar tarqatdi

«esquire.kz»

Qozog‘istonda o‘qituvchi politsiyaga bomba haqida yolg‘on ma’lumot berdi.Bu haqda Zakon.kz xabar qilib o‘tgan.

Xabarda aytilishicha, Jambil viloyatining Tole bi qishlog‘ida 25 yoshli o‘qituvchi ochiq dars o‘tishi kerak bo‘lgan, lekin buning o‘rniga politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, maktabga bomba o‘rnatilgani haqida yolg‘on ma’lumot bergan.

Natijada maxsus xizmatlar 300 dan ortiq o‘qituvchi va o‘quvchilarni binodan evakuatsiya qilishga majbur bo‘lgan. E’tiborli tomoni, o‘sha o‘qituvchining o‘zi ham o‘quvchilar va hamkasblarini evakuatsiya qilishda yordam bergan.

Endi yolg‘on xabar tarqatgan o‘qituvchi katta miqdorda jarima yoki besh yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. U ayni vaqtda vaqtinchalik hibsxonaga joylashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring