Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozon aeroporti bomba xavfi tufayli yopib qo‘yildi

Qozon  aeroporti bomba xavfi tufayli yopib qo‘yildi

Foto:«RIA Novosti»

Qozon aeroporti noma’lum shaxsning binoda bomba bor deya xabar bergani tufayli yopib qo‘yildi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, bugun mahalliy vaqt bilan soat 8:00 da noma’lum shaxs aeroport mutasaddilariga qo‘ng‘iroq qilib, binoga bomba joylashtirilganini aytgan. Zudlik bilan aeroport bo‘shatilib, xodimlar va yo‘lovchilar boshqa joyga ko‘chirilgan.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari aeroportni tekshirganida, portlovchi modda yo‘qligi aniqlandi.

Aeroport yana odatdagidek ishlay boshladi.

Qo‘ng‘iroq qilgan shaxs qidirilmoqda.

Avvalroq xuddi shunday holat Kiyevda ham kuzatilgan, 5 ta metro bekati bomba xavfi tufayli yopib qo‘ilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring