Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qrimda kollej binosida portlash: 10 kishi qurbon bo‘ldi, 50 nafari jarohatlandi (video)

Qrimda kollej binosida portlash: 10 kishi qurbon bo‘ldi, 50 nafari jarohatlandi (video)

Foto: «RIA Novosti»

Qrimdagi Kerch politexnika kollejida portlash sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda «RIA Novosti».

Ma’lum qilinishicha, o‘n kishi qurbon bo‘lgan, ellik nafarga yaqin kishi jarohatlangan. Yigirma nafar kishi o‘rta og‘irlikdagi jarohatlar bilan shahar shifoxonasiga yotqizilgan.

«Portlash kollej oshxonasida sodir bo‘lgan, sababi hali ma’lum emas, unga mutaxassislar aniqlik kiritishadi», — degan nashrga ma’lumot bergan manba.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hududda otishma ovozlari ham eshitilgan. Aytilishicha, avtomat bilan qurollangan shaxs bino hududidagi talabalarga o‘q uzgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring