Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ramzan Qodirov koronavirusga chalinganini inkor etdi

Ramzan Qodirov koronavirusga chalinganini inkor etdi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov koronavirus kasaliga chalinganini inkor etdi.

«Agar men kasal bo‘lgan taqdirimda ham, dunyoda millionlab odamlar koronavirusga chalinmoqda, o‘n minglabi esa vafot etyapti, nima, men odam emasmanmi? Kasal bo‘lishga haqqim yo‘qmi? Tomchi dori qo‘ydirib, immunitetimni oshirishga haqli emasmanmi? Men mutlaqo sog‘lom odamman», — deydi Qodirov.

Eslatib o‘tamiz, 21 may sanasida Ramzan Qodirov koronavirusga chalingani haqida xabarlar tarqagan edi. U Moskva kasalxonalaridan birida davolanayotgani va o‘pkasining 70 foizi zararlangani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan, ammo rasman bu ma’lumotlarning barchasi rad etilgandi.

Oradan bir necha kun o‘tgach Ramzan Qodirov jamoatchilikka ko‘rinish berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring