Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rasman: Kolumbiyaning yangi prezidenti faoliyat boshladi

Rasman: Kolumbiyaning yangi prezidenti faoliyat boshladi

Foto: Nur.kz

Kolumbiyada so‘l partiyalar koalitsiyasi («Tarixiy shartnoma»)ning saylangan prezidenti Gustavo Petro yakshanba, 7-avgust kuni qasamyod qilib, rasman faoliyatga kirishdi.

Gustavo Petro — Kolumbiya tarixidagi so‘l kuchlarni ifodalovchi ilk prezident bo‘ldi.

Tantanali marosim poytaxt Bogotadagi Bolivar maydonida o‘tkazildi. Shuningdek, yangi vitse-prezident Fransiya Markes ham qasamyod qildi.

Marosimga Ispaniya qiroli Filipp VI hamda Argentina (Alberto Fernandes), Boliviya (Luis Arse), Paragvay (Mario Abdo Benites), Chili (Gabriel Borich) va Ekvador (Gilermo Lasso) prezidentlari tashrif buyurishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring