Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rasman: Nyu-York sobiq meri Blumberg AQSh prezidentligi uchun kurashga qo‘shildi

Rasman: Nyu-York sobiq meri Blumberg AQSh prezidentligi uchun kurashga qo‘shildi

Foto: «Deutsche Welle»

Nyu-York shahri sobiq meri Maykl Blumberg o‘z nomzodini Demokratlar partiyasidan prezidentlikka rasman taqdim etdi, deya xabar berdi Deutsche Welle».

«Donald Trampni yengish va Amerikani tiklash uchun men prezidentlik poygasiga boryapman», — dedi Blumberg kecha, 24-noyabr kuni bergan bayonotida.

«Biz yana to‘rt yil prezident Tramp andishasiz g‘ayriaxloqiy qiliqlarini davom ettirishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz», — dedi 77 yoshli mediamagnat. U Trampni mamlakat va uning qadriyatlariga tahdid uyg‘otishda aybladi, u prezidentlikka qayta saylansa yetadigan zarardan AQSh o‘zini qayta tiklay olmaydi degan xavotirda.

Blumberg oldingi intervyularida Demokratlar partiyasidan prezidentlikka nomlari ko‘rsatilgan boshqa siyosatchilar Trampni yenga olmasliklarini aytgandi.

Blumberg hech qanaqa xayriyalarsiz, o‘z saylov kampaniyasini o‘zi moliyalashtirishini ham ma’lum qilib o‘tdi.

Tadbirkor 2020-yilgi prezidentlik saylovlarida hal qiluvchi rolni o‘ynovchi «muallaq shtatlar» — Arizona, Michigan, Pensilvaniya va Viskonsinga katta umid bildiryapti.

Ma’lumot uchun: Maykl Blumbergning shaxsiy boyligi — 50 milliard dollardan ziyod. U 2001-yildan 2013-yilgacha Nyu-York meri bo‘lgan (avvaliga Respublikachilar partiyasidan, keyin mustaqil nomzod sifatida saylovlarda g‘olib chiqqan). 2018 yili Demokratlar partiyasiga o‘tib ketdi. Ayni paytda, so‘rovnomalarga ko‘ra, prezident bo‘lish uchun Demokratlar partiyasidan nomzodlar orasida sobiq vitse-prezident Jo Baydenning imkoniyati yuqori baholanmoqda. Keyingi o‘rinlarda Elizabet Uorren va Berni Sanders.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring