Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiya davlat idoralari jiddiy kiberhujumga uchradi

Rossiya davlat idoralari jiddiy kiberhujumga uchradi

Britaniyaning Cyjax kompaniyasi mutaxassislari Rossiya va qo‘shni davlatlarda hukumat amaldorlariga qarshi katta kiberhujum qildi. Xakerlar mansabdor shaxslar uchun elektron pochtaga kirishni taqlid qiladigan veb-saytlar yaratib, bu ma’lumotlarni pochta orqali yuborishdi.

Mutaxassislar siyosiy provokatsiyadan tortib, ma’lumotlarning fishingiga qadar, turli hujumlardan foydalanilganini aytishdi. Hujum uyushtirilgan tashkilotlarga Rossiya Fanlar akademiyasi, Mail.ru pochta xizmati, shuningdek, Armaniston, Ozarbayjon, Xitoy, Qirg‘iziston, Gruziya, Belarus, Ukraina, Turkiya, Turkmaniston kabi o‘ndan ortiq davlatning davlat idoralari kiradi.

Kompaniya ushbu sxema bo‘yicha 50 dan ortiq domenlarni tahlil qilib, ular 2020 yilning bahorida paydo bo‘la boshlaganini aniqlagan.

Hozirgi vaqtda turli mamlakatlarning tashqi, moliya yoki energetika vazirliklari xodimlari uchun elektron pochtaga kirish portallariga o‘xshash 15 ta faol internet sayt mavjud, deb xabar bergan Cyjax.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring