Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiya ifloslangan neft uchun Belarusga tovon puli to‘lashga rozi bo‘ldi

Rossiya ifloslangan neft uchun Belarusga tovon puli to‘lashga rozi bo‘ldi

Rossiya ifloslangan neft yetkazib bergani uchun Belarusga tovon puli to‘lashga rozi bo‘ldi. Tomonlar bu borada kelishuvga erishgan.

Hozircha tovon puli miqdori va qachon to‘lanishi haqida aniq ma’lumot yo‘q. Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning aprel oyida «Do‘stlik» quvuri orqali Rossiyadan yuborilgan neft xlorid bilan ifloslangani aniqlangan. Ushbu quvur orqali neft Belarus orqali Yevropaga yuborilardi.

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko yetkazilgan zarar uchun Rossiya 20 million dollar tovon puli to‘lashi lozimligini aytgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring