Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiya vaksinani keng ko‘lamda ishlab chiqarishni boshladi

Rossiya vaksinani keng ko‘lamda ishlab chiqarishni boshladi

Foto: «Inform»

Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga qarshi vaksinani ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilganini ma’lum qildi.

«Sputnik V» vaksinasi Gamaleya nomidagi epidemiologiya va mikrobiologiya milliy tadqiqotlar markazi laboratoriyasida yaratilgan.

Davlat dori vositalari reyestriga ko‘ra, vaksina mushak ichiga yuboriluvchi eritma ko‘rinishida bo‘ladi. Vaksinatsiya ikki bosqichda amalga oshiriladi: avvaliga — I komponent, uch haftadan so‘ng II komponent yuboriladi.

RF SSV xabariga ko‘ra, vaksinani ikkiga bo‘lib qo‘llash usuli ikki yilgacha muddatga immunitetni shakllantirishda yordam beradi.

Vazirlik vaksinaga xorijdan bo‘layotgan tanqidlarga ham munosabat bildirib o‘tgan va buni «yetarlicha ma’lumot» berilmagani bilan izohlagan. Ta’kidlanishicha, vaksinani ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan platformada shu paytgacha oltita mahsulot chiqarilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring