Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ruminiyadagi prezidentlik saylovlarida Klaus Yoxannis g‘olib chiqdi

Ruminiyadagi prezidentlik saylovlarida Klaus Yoxannis g‘olib chiqdi

Foto: TASS

Kecha Ruminiyada prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tayotgani haqida xabar bergandik. «Deutsche Welle» xabariga ko‘ra, ikkinchi turda amaldagi prezident Klaus Yoxannis g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

Saylovlarning ikkinchi bosqichida 94,4 foiz ovozlar hisoblanganidan so‘ng 60 yoshli siyosatchi 62,8 foiz ovoz to‘pladi va raqibi — 37,2 foiz ovoz to‘plagan Viorika Danchileni ortda qoldirdi.

Yoxannis partiyasiz nomzod sanaladi, ilgari Milliy-liberal partiya a’zosi bo‘lgan.

Ikkinchi tur arafasida o‘z tarafdorlari qarshisida so‘zga chiqqan Yoxannis Ruminiyada bundan buyon ham korrupsiyaga qarshi kurash ayovsiz davom etishiga va’da bergandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring