Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sadir Japarov prezidentlik saylovi sanasini ma’lum qildi

Sadir Japarov prezidentlik saylovi sanasini ma’lum qildi

Foto: kloop.asia

Qirg‘iz Respublikasi prezidenti vazifasini bajaruvchi Sadir Japarov muddatidan oldingi prezidentlik saylovi 2021-yilning 10-yanvarida o‘tkazilishini tasdiqladi.

Uning aytishicha, davlat rahbari saylanganidan keyin konstitutsiyaviy islohotlar olib boriladi. Unda mamlakatning boshqaruv formasi bilan saylov qonunlariga o‘zgartirish kiritish masalalari ko‘riladi. Shundan so‘ng parlament saylovi bo‘lib o‘tadi.

«Parlament saylovi kelasi yilning birinchi yarmigacha bo‘lmaydi. 20-dekabrda parlament saylovi bo‘ladi deb noto‘g‘ri ma’lumot tarqatganlarga ishonmanglar», — dedi Japarov.

Eslatib o‘tamiz, oxirgi parlament saylovi shu yilning 4-oktyabrida bo‘lib o‘tgandi. Biroq unda qonunbuzarliklar kuzatilgani bois 5-oktyabrda saylov natijasiga qarshi bo‘lganlar Bishkekning Ala-Too maydonida namoyishlar o‘tkazishdi. Bu noroziliklar oxir oqibat prezident va hukumatning iste’fosiga olib keldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring