Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saratondan tuzalganini nishonlayotgan sobiq harbiy baxtsiz hodisa qurboniga aylandi

Saratondan tuzalganini nishonlayotgan sobiq harbiy baxtsiz hodisa qurboniga aylandi

Foto: «Daily Mirror»

Buyuk Britaniyada sud saraton kasalligidan tuzalganini nishonlayotgan paytda halok bo‘lgan sobiq harbiy xizmatchining qotilligi bo‘yicha ishni ko‘rib chiqdi. Bu haqda «Daily Mirror» xabar bermoqda.

Saraton kasalligiga gumon qilingandi, ammo oxirgi testlar uning sog‘lom ekanligini ko‘rsatdi.

2020-yil fevral oyida Angliyaning Derbishir grafligi Chesterfild shahrida 23 yoshli Jon Robotem halokatli darddan qutulganini nishonlash uchun yoqtirgan qizi va do‘stlari bilan tungi klubga boradi. U yerda Konnor Rouz ismli kimsa va boshqa kishilar bilan janjallashib qoladi. Ikkalasini ham klubdan haydab chiqarishadi. Janjal mushtlashuvga aylanadi. Ko‘chada Rouz Robotemga hujum qilib, shisha bilan uning yuziga uradi. Sobiq harbiy hushidan ketib, boshi bilan yerga yiqiladi.

Rouz raqibi shunga loyiqligini aytib, voqea joyidan qochib ketadi. Ertasi kuni kechqurun Robotem olgan jarohatlaridan vafot etadi.

Rouz qotillikda ayblanmoqda. Garchi boshida bilmasdan odam o‘ldirib qo‘yganini tan olgan bo‘lsa-da, endi barcha ayblovlarni rad etmoqda. Sud jarayoni davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring