Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sarmoya uchun eng foydali qimmatbaho toshlar aniqlandi

Sarmoya uchun eng foydali qimmatbaho toshlar aniqlandi

Foto: «Reuters»

Rangli qimmatbaho toshlar oxirgi yillarda brilliantlardan tezroq qimmatlashmoqda, lekin aynan brilliantlar sarmoya uchun maqbul tanlov bo‘lib qolmoqda, deb xabar berdi «Lenta» «Forbes»ga tayanib.

«Knight Frank» kompaniyasi mutaxassislarining ta’kidlashicha, o‘tgan o‘n yil davomida brilliantlar 113 foizga, rangli qimmatbaho toshlar esa 112 foizga qimmatlashgan. Biroq rangli qimmatbaho toshlar yildan-yilga ommalashib bormoqda. Analitiklar fikricha, ayniqsa, bozorda yoqutning o‘sishi maksimal darajaga yetgan. «Gemfields»ning boshi direktori Shon Gilbertson so‘zlariga ko‘ra, 2009-yildan boshlab dunyo bo‘yicha yoqut yoki zumradning bahosi rangsiz brilliantlar bahosidan oshib ketgan.

Yaqinda sapfirlar ham narx borasida brilliantlardan o‘zib ketishiga shubha qilmayman, — deydi u.

Ayni vaqtda bozordagi asosiy tendensiya — tabiiy toshlar o‘rnini sun’iylari egallashi. Bir vaqtning o‘zida tabiiy toshlarni ishlab chiqarish qimmatlashmoqda: Bu zaxiralarning kamayishi hamda yangi konlarni qazishning bahosi oshishi fonida yuz bermoqda.

Bozor sun’iy toshlarga to‘ygach tabiiy toshlar yana qimmatlashadi, — deydi «Rossiya zargarlar gildiyasi» assotsiatsiya direktori Eduard Utkin.

Shu bilan birga, analitiklar brilliantlar o‘zining investitsion jozibasini saqlab qolayotganini ta’kidlashmoqda. «Arbat Capital» direktori Aleksey Golubovich taqinchoqlarga emas, aynan toshlarga sarmoya kiritishni maslahat bergan: odatda ularni dilerlardan yoki kimoshdi uylaridan xarid qilishadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring