Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saudiya Arabistoni oktyabrdan umra safariga ruxsat berdi

Saudiya Arabistoni oktyabrdan umra safariga ruxsat berdi

Foto: «Massa.az»

Saudiya Arabistonida yashaydiganlarga oktyabrdan umra ziyoratiga ruxsat berildi, deya xabar berdi qirollik IIV.

Vazirlikning ma’lum qilishicha, ziyorat koronavirus tarqalishining oldini olish choralarini ko‘rgan holda bosqichma-bosqich tiklanadi.

4-oktyabrda boshlanadigan birinchi bosqichda odatdagi ziyoratchilarning uchdan bir qismi, ya’ni mamlakatning 6 ming aholisi umra amallarini bajarishi mumkin.

18-oktyabrga mo‘ljallangan ikkinchi bosqichda ziyoratchilar soni 75%gacha oshiriladi.

Koronavirus pandemiyasi tufayli joriy yil aprel oyidan boshlab umra safari taqiqlab qo‘yilgandi.

Saudiya Arabistoni may oyining oxiridan karantin cheklovlarini sekin-asta yumshata boshladi, mamlakat ichidagi harakat cheklovlarini bekor qildi, masjidlar ochildi, odamlarning o‘z ish joylariga qaytishiga ruxsat berildi.

Mamlakatda pandemiya boshlangandan beri 331 359 ta koronavirus holati qayd etilgan bo‘lib, 4 569 nafar bemor hayotdan ko‘z yumdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring