Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shahzoda Filipp kasalxonaga yotqizildi

Shahzoda Filipp kasalxonaga yotqizildi

Foto: «RIA Novosti»

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning turmush o‘rtog‘i, Edinburg gersogi Filipp London kasalxonasiga yotqizildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

98 yoshli shahzoda Filipp Londondagi Qirol Edvard VII gospitaliga kasalligidan davolanish va kuzatuv ostida bo‘lishi uchun yotqizildi, deyiladi xabarda.

Gersog qirollik majburiyatlarini bajarishni 2017-yilning avgustida rasman to‘xtatganidan keyin faqat rasmiy marosimlarda qatnashib kelayotgandi.

Filipp 2019-yilning yanvarida «Land Rover»ni boshqarib ketayotib YTHga uchragandi. U bilan mashinasi to‘qnashib ketgan ayol barmog‘ini sindirib olgandi. Voqeadan so‘ng Filipp ayoldan rasman kechirim so‘rab, haydovchilik guvohnomasidan voz kechgandi.

Shahzoda Filipp va qirolicha Yelizaveta II 1947-yilda turmush qurishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring