Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sheremetevo aeroportidagi fojiada jami 41 kishi halok bo‘ldi

Sheremetevo aeroportidagi fojiada jami 41 kishi halok bo‘ldi

Foto:«Youtube»

Kecha 5-may kuni Murmansk-Moskva yo‘nalishidagi «Sukhoi Superjet 100» samolyoti qo‘nish chog‘ida yongani xabar qilingan edi.

Avval, 5 kishi jarohatlangani, so‘ngra 13 kishi qurbon bo‘lgani ma’lum bo‘lgandi.

«Argumenti i fakti» nashrining xabariga ko‘ra, ushbu aviahalokatda halok bo‘lganlar hozirda jami 41 nafar kishini tashkil etmoqda.

Rossiya tergov qo‘mitasi ham 78 kishidan 37 kishi tirik qolgani xususida bayonot bergan.

Mazkur voqea ortidan tergov ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring