Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Sochlarim benuqson holatda bo‘lishi kerak!» Prezident Tramp bosh yuvishda suv yetishmayotganidan yozg‘irdi

«Sochlarim benuqson holatda bo‘lishi kerak!» Prezident Tramp bosh yuvishda suv yetishmayotganidan yozg‘irdi

Foto:«Reuters»

AQSh prezidenti Donald Tramp suv miqdori chegaralangani bois boshini risoladagidek yuva olmayotganidan shikoyat qildi. Prezidentning noroziligi ortidan Oq uy ma’muriyati mamlakatda suv iste’moli bo‘yicha 30 yil avval o‘rnatilgan cheklovni bekor qilish harakatiga tushdi.

Gap shundaki, 1992 yili katta Jorj Bush prezidentligi davrida dush qabul qilishda suv miqdori bo‘yicha cheklov o‘rnatilgan. Bunga ko‘ra, jo‘mrakdan tushayotgan suv miqdori daqiqasiga 2,5 gallondan (9,5 litr) oshmasligi kerak.  Ushbu cheklov suv va energiyani tejash maqsadida joriy etilgan. J.Bush davridan keyingi o‘n yilliklar davomida aholi yuvinish xonasida bir necha jo‘mrak o‘rnatishga odatlandi. Prezident Barak Obama davrida qoidaga aniqlik kiritildi: 9,5 litrlik cheklov bitta jo‘mrakka emas, balki barcha jo‘mraklarga tegishli ekani belgilandi.

AQSh energetika vazirligi esa ushbu cheklovni bekor qilishni taklif etmoqda. Vazirlik taklifiga ko‘ra, 9,5 litrlik cheklov faqat bitta jo‘mrakka tatbiq etilishi kerak. Ya’ni yuvinish xonasida to‘rtta jo‘mrak bo‘lsa, suv sarfi daqiqasiga 38 litrni tashkil etadi.  

Prezident Tramp bir oy avval dushda boshini ko‘ngildagidek yuva olmayotganidan yozg‘irgan edi.

«Jo‘mrakni ochasiz – (yetarli) suv tushmaydi. Qo‘lingizni yuvmoqchi bo‘lasiz – (yetarli) suv tushmaydi. Nima qilasiz? Albatta, dushda ko‘proq vaqt qolishga to‘g‘ri keladi. Sizlarni bilmadim, ammo mening sochlarim benuqson holatda bo‘lishi kerak. Benuqson holatda!» – degan D.Tramp.

Ayni choqda atrof-muhit muhofaza va energiya manbalari masalalari bilan shug‘ullanuvchi nodavlat tashkilotlar Oq uy ma’muriyatining ushbu tashabbusini tanqidiy baholagan.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring