Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sohil minglab o‘lik dengiz yulduzlari bilan to‘lib toshgan

Sohil minglab o‘lik dengiz yulduzlari bilan to‘lib toshgan

foto: 120.su

Margate (Angliya) aholisi va sayyohlar mahalliy plyajlar sayr qilish uchun yoqimsiz joyga aylanganidan norozi.

Chunki sohil minglab o‘lik dengiz yulduzlari bilan to‘lib toshgan. Rasmiylarning aytishicha, ularning qirg‘oqqa chiqib ketishiga  yaqinda sodir bo‘lgan bo‘ronlar va kuchli shamollar sabab. Afsuski, sayoz suvlarda yashovchi dengiz yulduzlari bunday noqulay ob-havo sharoitlariga juda zaifdir.

Yaqin kelajakda bu dahshatli «axlat» yo‘q qilinadi, ammo hozircha odamlarga o‘lik jonzotlardan uzoqroq turish va ayniqsa, bolalar yoki uy hayvonlarini yaqinlashtirmaslikni ta’kidlashmoqda. O‘lik dengiz yulduzlaridan yuqumli kasalliklarni yuqtirish ehtimoli juda katta.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring