Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Taniqli reper AQSh prezidenti bo‘lish orzusida

Taniqli reper AQSh prezidenti bo‘lish orzusida

AQShlik reper Kane Uest ikkinchi bor mamlakat prezidenti bo‘lish istagini bildirdi.

U bu haqda Tvitterdagi sahifasida yozgan.

«Hozir biz Amerika orzusi, xudoga ishonchni yuzaga chiqarish va kelajakni qurishni boshlashimiz kerak», — deya yozgan san’atkor.

Uest 2015-yildayoq 2020-yilgi saylovlarda qatnashish orzusini bildirgandi. Ammo u ro‘yxatdan o‘tishga ulgura olmagan.

Noyabrda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan saylovlarda amaldagi prezident Donald Tramp va Obama davrida vitse-prezident bo‘lgan Jo Bayden kurash olib bormoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring