Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tiriklayin yondi. Britaniyalik ayol qo‘l kremidan foydalangandan so‘ng vafot etdi

Tiriklayin yondi. Britaniyalik ayol qo‘l kremidan foydalangandan so‘ng vafot etdi

Foto: «Masteraiumniki.blogspot.com»

Britaniyalik ayol namiqtiruvchi kremdan foydalangandan so‘ng tiriklayin yonib ketdi, deya xabar berdi «REN TV».

Londonda istiqomat qiluvchi Ivonn Uebb tarkibida parafin bo‘lgan qo‘l uchun oddiy namiqtiruvchi kremdan foydalangan. Shundan so‘ng gaz plitasini yoqmoqchi bo‘lgan. Natijada avval qo‘li, keyin yuzi va butun tanasi yona boshlagan. Ayol yordam so‘rab ko‘chaga yugurib chiqqan. Biroq qo‘shnilari yordam berishga ulgurmagan. U tiriklayin yongan.

Ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, aksariyat namiqtiruvchi kremlarning tarkibida tez alanga oluvchi parafin moddasi, shuningdek, neft va tabiiy yog‘lar bo‘ladi. Shunga o‘xshash moddalar butun dunyoda millionlab odamlar ishlatadigan loson, tonik, balzam va boshqa dekorativ va shifobaxsh kosmetik vositalar tarkibida ham mavjud. Bundan tashqari, ulardan foydalanganda ehtiyotsizlik oqibatida kosmetika dog‘lari kiyim yoki mebelda ham qolishi mumkin. Ular tez alanga olishi bilan xavfli.

«Namiqtiruvchi krem hayotimizga ochiq-oydin xavf soladi. Bu faqat o‘zining zararligida emas. Balki boshqa o‘nlab omillarni ham unutmaslik kerak: kremni surtgandan so‘ng olovga yaqinlashmaslik, gugurt va zajigalkani ushlamaslik, gaz plitasidan uzoqroq yurish tavsiya etiladi», — dedi farmatsevt Ibrohim Xodadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring