Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tobutdan chiqib nutq so‘zlagan siyosatchi (video)

Tobutdan chiqib nutq so‘zlagan siyosatchi (video)

Foto: «Mexico News Daily»

Meksikada Partido Encuentro Social partiyasidan deputatlikka nomzod Karlos Mayorga sahnalashtirilgan dafn marosimidan so‘ng Syudad-Xuares shahridagi saylovchilarga murojaat qildi, deb yozadi «Mexico News Daily».

Internetda e’lon qilingan kadrlarda siyosatchi yotgan tobut mahalliy aholi bilan uchrashadigan joyga katafalkda olib kelinganligi namoyish etilgan. Maxsus kiyimdagi erkaklar tobutni mashinadan olib, stol ustiga qo‘yishdi. Hamma jim turgan paytda Mayorga tobutdan chiqib, kiyimlarini to‘g‘riladi va tabassum ila oldindan tayyorlab qo‘ygan nutqini boshladi.

Siyosatchi amaldagi hukumatni «jinoyatchilik keng avj olishi va koronavirus inqiroziga befarqlik» uchun tanqid qildi.

«Men Karlos Mayorga, va Meksika, Chixuaxua shtati, Syudad-Xuaresda siyosatchilarning befarqligi tufayli vafot etgan 1,5 million aholidan biriman», — dedi u.

Maqolada aniqlik kiritilishicha, nomzod mazkur aksiyasi bilan hukumatning befarqligi tufayli vafot etganlarga hamdardlik bildirgan. Shuningdek, Mayorga hukumat odamlar turmush darajasi haqida qayg‘urmayotganidan, uyushgan jinoyatchilikka xohlagan ishini qilishiga ruxsat berayotganidan arz qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring