Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tolibon BMT missiyasi ofisiga yana hujum uyushtirdi

Tolibon BMT missiyasi ofisiga yana hujum uyushtirdi

Foto: «RIA Novosti»

BMTning Afg‘onistondagi missiyasining Hirotdagi ofisiga Tolibon harakati hujum uyushtirdi. Bu haqda Afg‘oniston mudofa vazirligi vakili Favad Omon «Tvitter»da yozdi.

Aytilishicha, Afg‘oniston milliy mudofaa va xavfsizlik kuchlari (ANDSFG‘) hujumni qaytarmoqda. Jangarilar shaharning markaziy ko‘chalari bo‘ylab harakatlanayotgani, himoyalanishda turarjoylar va maktablar binolaridan foydalanayotgani qarshi hujumni qiyinlashtirmoqda, deyiladi xabarda. Mahalliy aholi uylarini tark etmoqda.

Ayni paytda hukumat kuchlari Hirotdagi 17 ta hududdan faqat bittasini nazorati ostida saqlab turibdi. Ikki kunlik janglardan so‘ng Molon ko‘prigi Tolibon qo‘liga o‘tdi, yozmoqda «TOLO News».

Ilgari Tolibon BMTning Afg‘onistondagi missiyasi infratuzilmasining asosiy majmuasiga hujum qilgani haqida xabarlar tarqagandi. Jangarilar granatomyotlar va artilleriya qurilmalarini ishga solishgandi. BMT xodimlari orasida qurbonlar kuzatilmagan, bir nafar mahalliy politsiya xodimi halok bo‘lgan, bir necha zobitlar yaralangandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring