Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tolibon vakili Qobulda Qozog‘iston delegatsiyasini qabul qildi

Tolibon vakili Qobulda Qozog‘iston delegatsiyasini qabul qildi

Foto: «Getty Images/Anadolu Agency»

Tolibon radikal harakati tomonidan Afg‘oniston muvaqqat hukumati boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan Mulla Abdul G‘ani Barodar Kobulda Qozog‘iston delegatsiyasini qabul qildi. Bu haqda 17-oktyabr, yakshanba kuni Afg‘oniston Islom Amirligi (AIA) matbuot xizmati xabar berdi.

«AIA muvaqqat hukumati raisi o‘rinbosari Mulla Abdul G‘ani Barodar Kobuldagi qarorgohida Qozog‘iston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Talgat Kaliyev, shuningdek, Markaziy Osiyo respublikasining xalqaro hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Yerjan Kazixanni qabul qildi. Uchrashuvda Afg‘onistondagi so‘nggi voqealar muhokama qilindi», – deb yozadi TASS.

Kuni kecha Afg‘oniston Islom Amirligining Muvaqqat hukumati rahbari o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Abdul Salam Hanafiy boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga kelgani, Termiz shahrida O‘zbekiston va Afg‘oniston delegatsiyalarining ishchi uchrashuvi bo‘lib o‘tgani haqida xabar berilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring