Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Donald Tramp va Kim Chen In Shimoliy Koreya hududida uchrashdi

Donald Tramp va Kim Chen In Shimoliy Koreya hududida uchrashdi

Foto: «Google.com»

AQSh prezidenti Donald Tramp va Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In KXDR va Janubiy Koreya chegarasida uchrashdi.

Uchrashuv bugun, 30 iyunda Pxanmundjom muzokaralar punktida bo‘lib o‘tgan. Muzokarada shuningdek Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In ham ishtirok etdi.

Tramp Kim Chen In bilan ko‘rishdi va ikki mamlakatni ajratib turadigan beton chiziqdan oshib o‘tdi. Shu tariqa u AQSh prezidentlari orasida Shimoliy Koreya tuprog‘iga qadam qo‘ygan ilk rahbar bo‘ldi.

Trampning aytishicha, muzokara o‘tkazish rejasi avvaldan bo‘lgan, ammo uchrashuv o‘tkazish fikriga 29 iyunda kelgan. Trampning aytishicha, Kim Chen In bilan oxirgi marta Vetnamda ko‘rishgan, shu bois uning qo‘lini yana bir bor siqishni maqsad qilgan.

Tramp va Kim Chen In avval tomosha qilish minorasiga ko‘tarilishgan va so‘ngra muzokara punktiga yo‘l olishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring