Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tramp noqulay savoldan qo‘rqib, minbarni tark etdi (video)

Tramp noqulay savoldan qo‘rqib, minbarni tark etdi (video)

Foto: «Yahoo.com»

Prezident Donald Tramp «CBS News» jurnalistining noqulay savolidan so‘ng matbuot anjumanini tark etdi.

Davlat rahbari Nyu-Jersi shtatida nutq so‘zladi. Muxbir Paula Rid prezidentning «Faxriylar tanlovi» loyihasi uning ma’muriyati xizmati, degan so‘zlari yolg‘on ekanligini fosh etishga urindi.

«Nima uchun «Faxriylar tanlovi»ni aynan siz boshlaganingizni takrorlayapsiz? U 2014-yilda qabul qilingan, bu yolg‘on bayonot, ser», — dedi u Trampning davlat rahbari lavozimini 2016-yilda egallaganiga ishora qilib.

Prezident so‘zni boshqa jurnalistga berishga urinib ko‘rdi, biroq Rid uning gapini bo‘lib, savolini takrorladi.

Pirovard natijada Tramp matbuot anjumanini tugatib, ishtirokchilarga minnatdorlik bildirib, minbarni tark etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring